Close

ANIQ VA AMALIY FANLAR FAKULTETI TARIXI

 

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-289-sonli qaroriga asosan Urganch davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yо‘nalishi va magistratura mutaxassisliklari negizida Urganch davlat pedagogika instituti tashkil etildi. Institut tarkibida 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab Aniq va amaliy fanlar fakulteti tashkil topdi.

Fakultet-institutining tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi. Uning faoliyati tegishli ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha talabalarni о‘qitish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy hamda uyg‘unlashgan holda olib borish, shuningdek, kafedralarda ilmiy tadqiqot loyihalarini bajarish ishlarini muvofiqlashtirishga yо‘naltiriladi. Fakultet tarkibiy tuzilmasida fakultet Kengashi hamda о‘quv-uslubiy kengash faoliyat olib boradi. Fakultet oliy ta’limning asosiy va qо‘shimcha ta’lim dasturlarini bajarish bо‘yicha ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanadi. Fakultet о‘z nomi yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega.

Fakultet institutning rasmiy www.urspi.uz saytida о‘z bо‘limiga ega. Fakultet joylashgan manzil: 220100, Urganch shahar, Gurlan kо‘chasi, 1-uy.

 

FAKULTETIDA MAVJUD TA’LIM YО‘NALISHLARI

Bakalavriat kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha ta’lim yо‘nalishlari shifri va nomi:

60110600-Matematika va informatika;

60110700-Fizika va astronomiya;

60111200-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;

60111300-Musiqa ta’limi;

60112200-Jismoniy madaniyat;

60112300-Texnologik ta’lim.

 

Bakalavriat sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha ta’lim yо‘nalishlari shifri va nomi:

60111200-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;

60111300-Musiqa ta’limi;

60112200-Jismoniy madaniyat;

60112300-Texnologik ta’lim.

 

FAKULTET О‘QUV JARAYONI

Hozirda fakultetda 48 nafar professor-о‘qituvchilar faoliyat kо‘rsatayotgan bо‘lib, ularning 1 nafari professor, 3 nafari fan nomzodlari va dotsentlar, 7 nafari katta о‘qituvchi va 37 nafari assistent-о‘qituvchilardan iborat. Fakultetda jami 1058 nafar talaba mavjud bо‘lib shundan; kunduzgi ta’limda 706 nafar, sirtqi ta’limda 337 nafar, sirtqi (ikkinch oliy ma’lumot) 15 nafar talaba ta’lim olmoqda. Fakultetda 6 ta bakalavr ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.

 

XALQARO HAMKORLIK VA CHET EL BILAN ILMIY ALOQALAR ASOSIDA ERISHILGAN NATIJALAR

 

Bugungi kunga qadar fakultetda xorijiy mamlakatlarning oliy о‘quv yurtlari bilan о‘zaro ilmiy va amaliy hamkorlik yо‘lga qо‘yilgan bо‘lib, fakultet professor-о‘qituvchilari turli loyihalarda qatnashmoqdalar. Fakultet Germaniya, Chexiya, Xitoy, Ozarbayjon, Turkiya va boshqa davlatlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni о‘rnatgan.

 

FAKULTET TUZILMASI

 

Fakultet dekani

 

PhD, Matyoqubov Hikmatjon Shuhratovich

 

О‘quv ishlari bо‘yicha

dekan о‘rinbosari

 

Sabirov Ravshanbek Yuldashbayevich

Yoshlar bilan ishlash

bо‘yicha dekan о‘rinbosari

 

Urazbayeva Ro‘za Xajiboyevna

Fizika-matematika va

texnologik ta’lim kafedrasi mudiri

 

dots. v.v.b. Davletov Erkaboy Yusubovich

Jismoniy madaniyat kafedrasi

p.f.n. professor Matnazararov O‘ktam Latipovich

 

San’atshunoslik kafedrasi mudiri

Latipov Rustambek Ataxanovich