Close
Skip to main content

Texnologik ta’lim kafedrasi
"Texnologik ta’lim" kafedrasi Urganch davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakultetining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanib, unda bir necha turdosh fanlar boʻyicha oʻquv, oʻquv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, tashkiliy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar amalga oshiriladi, shuningdek, kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy, maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.
Kafedra tarkibiga professor-oʻqituvchi va pedagog xodimlar toifasiga kiruvchi kafedra mudiri, professor, dotsent, katta oʻqituvchi, oʻqituvchi (assistent), oʻqituvchi-stajyor, mustaqil izlanuvchi xodimlar shuningdek, kabinet mudiri va laborant xodimlar kiradi.
Hozirgi kunda kafedrada 11 nafar professor o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda, shulardan 1 nafari pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 4 nafari katta o‘qituvchi, 6 nafar o‘qituvchi. Texnologik ta’lim kafedrasida “Servis xizmat” yo‘nalishi bo‘yicha “gazlamaga ishlov berish” hamda “Oziq – ovqat mahsulotlariga isglov berish” o‘quv ustaxonalari “Texnologiya va dizayn” yo‘nalishi bo‘yicha “Yog‘och va metallarga ishlov berish o‘quv ustaxonalari mavjud bo‘lib bu yerda talabalar gazlamaga ishlov berish, oziq – ovqat maxsulotlariga ishlov berish, yog‘och va metallarga qo‘lda hamda mexanik ishlov berish bo‘yicha kompetensiyalarga ega bo‘lishlari uchun sharoitlar yaratilgan.
60111300 - Texnologik ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishni tugatgan bitkazuvchilarga “Texnologiya fani o‘qituvchisi” bakalavr darajasi beriladi. Ushbu diplom egasining kasbiy faoliyat sohalari quyidagilardan iborat:
• umumiy o‘rta ta’lim va ixtisoslashgan maktab o‘qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o‘rta ta’limda texnologiya fani va kasb tanlashga yo‘llash o‘qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
• o‘rta maxsus va professional ta’limda mutaxassislik fanlari o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
• maktabdan tashqari ta’limda to‘garak rahbari sifatida pedagogik faoliyat olib borish;