Close
Skip to main content


Mustaqillik darsi

Urganch davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim fakultetida yangi o‘quv yili “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida “Mustaqillik darslari” bilan davom etdi.
Mazkur darsda mamlakatimizning mustaqillikka erishish yo‘lidagi mashaqqatli jarayonlari, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, xalqaro hamjamiyatdagi obro‘-e’tibori hamda 34 yillik tariximiz davomida erishilgan yutuqlar haqida fikrlar bildirildi. Shuningdek, Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va ulardan oqilona foydalanish masalalari ham keng yoritildi.

Ulashish: