Close


AYNI PAYTDA URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TARIX VA GEOGRAFIYA KAFEDRASI MUDIRI UMAR XUJAMURATOV TURKIYA RESPUBLIKASIDA XIZMAT SAFARIDA BO'LIB TURIBDI

Ayni paytda Urganch davlat pedagogika instituti Tarix va geografiya kafedrasi mudiri Umar Xujamuratov Turkiya Respublikasida xizmat safarida bo'lib turibdi

Bugun, 27-noyabr kuni, U.Xujamuratov Shanlıurfa shahridagi 30 mingdan ortiq talabani qamrab olgan HARRAN universitetida bo'lib, oliygoh rektori, professor Меhmet Tahir Gulluo'g'li qabulida bо'ldi. 

Uchrashuv davomida o'quv, ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy jabhalarda hamkorlikni amalga oshirish, xususan, hamkorlikda ilmiy maqolalar, risolalar chop qilish, professor-o'qituvchilar, doktorantlar va talabalar almashinuvini yo'lga qo'yish kabi bir qator masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bayon qilindi. Taklif va tavsiyalar o'rtaga tashlandi.

Universitet rektori Mehmet Tahir Gulluo'g'li Urganch davlat pedagogika instituti bilan hamkorlik qilishga tayyorligini va institut bilan hamkorlik memarandumi imzolash istagini bildirdi.

©️ UrDPI Matbuot xizmati 

Ulashish: