Close


“ANIQ VA AMALIY FANLAR” FAKULTETI DEKANI DOTS. HIKMAT MATYOQUBOV JORIY YILNING 30-OKTABRIDAN 15-DEKABRIGACHA CHEXIYA FANLAR AKADEMIYASINING YADRO FIZIKASI INSTITUTIDA “HORIZON 2020” JAMG‘ARMASINING «SPECTRAL OPTIMIZATION: FROM MATHEMATICS TO PHYSICS AND ADVANCED TECHNOLOGY/SOMPATY» NOMLI LOYIHASI DOIRASIDA ILMIY TADQIQOT STAJIROVKASI O’TAMOQDA

“Aniq va amaliy fanlar” fakulteti dekani dots. Hikmat Matyoqubov joriy yilning 30-oktabridan 15-dekabrigacha Chexiya Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutida “HORIZON 2020” jamg‘armasining «Spectral Optimization: From Mathematics to Physics and Advanced Technology/SOMPATY» nomli loyihasi doirasida ilmiy tadqiqot stajirovkasi o’tamoqda.

Hozirda loyiha doirasida qo'yilgan masalalar yechilib, yuqori ilmiy-amaliy natijalar olindi va "Driven transparent quantum graphs" nomli maqola tayyorlanib, Physical Review E  "Scopus”, (Q 1) “Web of Science”  ma'lumotlar bazasida indexlangan jurnalga jo'natildi:  https://www.researchgate.net/publication/375642149_Driven_transparent_quantum_graphs 

Bundan tashqari boshqa ilmiy maqolalar tayyorlash ustida tadqiqotlar davom etmoqda.

Ushbu loyiha doirasida va bir qator xalqaro tashkilotlar homiyligida 2024-yil may oyiga Xiva shahrida "Evolution equations on low-dimensional domains: Dynamical systems, solitons and quantum transport" mavzusida xalqaro anjuman rejalashtirilmoqda. 

***Ma'lumot o'rnida, dots. H.Matyoqubov tomonidan 2023-yil hisobida yana ikkita Scopus (Q 2) ro’yxatiga kirgan maqola chop qilindi.

1)  Physics Letters A  jurnalida [Q2, Scopus, Open access, CiteScore=4,9, IF=2.6] "Manakov system on metric graphs: Modeling the reflectionless propagation of vector solitons in networks" nomli ilmiy maqola: https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S0375960123003080?via%3Dihub   

2)  NANOSYSTEMS: PHYSICS, CHEMISTRY, MATHEMATICS jurnalida [Q2, Scopus, Open access, CiteScore=1,3]   “Optical high harmonic generation in a quantum graph” nomli ilmiy maqola: http://nanojournal.ifmo.ru/en/articles-2/volume14/14-2/physics/paper03/

©️ UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: