URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, O‘ZBEKISTON YOZUVCHILAR UYUSHMASI XORAZM VILOYAT BO‘LIMI VA MAHMUD ZAMAXSHARIY NOMIDAGI XORAZM VILOYAT AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI HAMKORLIGIDA "ADABIYOTGA BAXSHIDA UMR" MAVZUSIDA ILMIY-ADABIY ANJUMAN VA YUBILEY DAVRASI BO‘LIB O‘TDI
Urganch davlat pedagogika instituti, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi va Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyat axborot-kutubxona markazi hamkorligida "Adabiyotga baxshida umr" mavzusida ilmiy-adabiy anjuman va yubiley davrasi bo‘lib o‘tdi
Bugun Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, taniqli shoir va adib, jamoat arbobi, “Shuhrat” medali sohibi Qo‘zi Davlat tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan “Adabiyotga baxshida umr” mavzusidagi ilmiy-adabiy anjuman va yubiley davrasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda poytaxtimizdan mehmonlar, vohamizning taniqli yozuvchi va shoirlari, yosh ijodkorlar, kitobxonlar, adibning yaqinlari, do‘stlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bo‘limi boshlig‘i Muhiddin Abdusamatov Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyidning tabrigini o‘qib eshittirdi.
Tadbirda "O'zbek va rus tili adabiyoti kafedrasi mudiri M.Matquliyeva tomonidan "Qo'zi Davlat ijodida an'anaviylik va zamonaviy tendensiyalar" mavzusidagi, shuningdek, yana bir qator adabiyotshunoslarning shoir ijodiga bag'ishlangan ilmiy ma'ruzalari tinglandi. Institutimiz talabalari Qo‘zi Davlat ijodidan namunalar o‘qidilar.





©️ UrDPI Matbuot xizmati