Close


UrDPI O'QITUVCHISI TURKIYADA O'TKAZILGAN XALQARO KONFERENSIYANING "IMPACTFUL DIPLOMAT AWARD" SOVRINI SOHIBASI BO'LDI

UrDPI o'qituvchisi Turkiyada o'tkazilgan xalqaro konferensiyaning "Impactful diplomat award" sovrini sohibasi bo'ldi!

Turkiyada "Giyohvandlikka qarshi kurashish, inson huquqlari va jamoatchilikni himoya qilish" mavzusida 25 davlatdan 50 nafardan ortiq delegat ishtirokida xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi. 

Konferensiyada Urganch davlat pedagogika instituti Xorijiy filologiya kafedrasi o’qituvchisi Muazzamxon Yaxshibayeva ham o'z ma'ruzalari, maqolalari bilan O‘zbekiston delegatsiyasi a'zosi sifatida ishtirok etdi. 

Xalqaro ekspertlar tomonidan Muazzamxon Yaxshibayeva alohida e'tirof qilinib, sertifikat va maxsus sovrin bilan taqdirlandi!

Xalqaro maydondagi e'tirof bilan yosh va umidli o'qituvchimizni samimiy muborakbod qilamiz! 

©️ UrDPI Matbuot xizmati

 

Ulashish: