REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI O'TKAZILDI
Bugun Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova institutning talaba-yoshlari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida rektor kelayotgan Yangi yil bayrami bilan barcha talaba-yoshlarni tabrikladi. Shuningdek, bugungi kunda ta'lim va tarbiyaga qaratilayotgan e'tibor va islohotlarning samarali natijalari, shuningdek, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda har bir yosh o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib chiqishga intilishi lozimligi, institutda yoshlar faolligini jadallashtirish, tashabbuskorlik va kreativlikni oshirish kabi qator masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.
Rektor har bir talabaning fikri rahbar uchun muhim ekanligini ta'kidlab, bu borada talabalarda fikr-mulohaza va takliflar bo'lsa @FeruzaMadraximova_bot orqali ham murojaat qilishlari mumkinligini aytib o‘tdi.



©️UrDPI Matbuot xizmati