REKTORNING FAKULTETLAR KESIMIDA YOSHLAR BILAN UCHRASHUVLARI DAVOM ETMOQDA
Bugun ham Urganch davlat pedagogika instituti rektori talaba-yoshlar bilan uchrashdi. Bu safar Pedagogika fakulteti talabalari bilan.
Talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuv davomida rektor yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan barcha yoshlarni tabrikladi. Shuningdek, yurtimizda ta'lim va tarbiyaga qaratilayotgan e'tibor va islohotlar hamda ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda yurtimiz koriga yaraydigan, o'z kasbining ustasi, yetuk mutaxassis bo'lib yetish lozimligini alohida ta'kidlab o'tdi.
Institutda yoshlar faolligi, tashabbuskorlik va kreativlikni oshirish, ezgu va aniq maqsad tomon kuchli bilim hamda g'ayrat bilan mehnat qilish, o'z ustida tinimsiz ishlash borasida rektor tomonidan motivatsion fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, talaba-yoshlar uchun qator badiiy, ilmiy, psixologik kitoblar tavsiya etildi.




©️UrDPI Matbuot xizmati