Close


REKTOR FILOLOGIYA VA TARIX FAKULTETI JAMOASI BILAN UCHRASHDI

Rektor Filologiya va tarix fakulteti jamoasi bilan uchrashdi

Bugun, 5-yanvar kuni Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova Filologoya va tarix fakulteti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari jamoasi bilan uchrashdi. Yig'ilish davomida fakultetda 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Uchrashuvda o'quv jarayonlarining tashkil etilishi bo'yicha institut o'quv ishlari bo‘yicha prorektori Umar Sharipov ma'ruza qildi. Shuningdek, fakultet professor-oʻqituvchilarning ilmiy va o'quv faoliyati yuzasidan qilingan ishlari tahlil qilindi, ilmiy himoyalar va o'quv jarayonlarini sifatli tashkil etish kabi masalalarda tegishli topshiriqlar berildi. 

* Rektorning fakultetlar kesimidagi yig'ilishlari davom etmoqda. 

©️ UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: