“Ixtirochi ayollar — 2023” forumi
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, O‘zbekiston Ixtirochi ayollar markazi va Toshkent davlat texnika universiteti hamkorligida “Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli” haftaligi o‘tkazildi
Haftalikda respublikamizning barcha hududlaridan mas'ullar ishtirok etdi. Shu qatori Urganch davlat pedagogika instituti “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi mudiri Anorgul Atajonova ham haftalikda o‘z ma’ruzasi va ilmiy materiallari bilan faol ishtirok etdi.
Shuningdek, A.Atajonova haftalik doirasida tashkil etilgan “Ixtirochi ayollar — 2023” forumi va Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish tartibi haqidagi o‘quv seminarda ham qatnashib, tashakkurnoma, sertifikat va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
***Ma'lumot o'rnida, Anorgul Atajonova Xorazm viloyati "Ixtirochi ayollar" uyushmasi raisi sifatida ham muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatib, voha ayollarining iqtidor va qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda o'z hissasini qo'shib kelmoqda.



