Yangi o‘quv qo‘llanma nashrdan chiqdi
Yangi o‘quv qo‘llanma nashrdan chiqdi
Urganch davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti “Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasi o’qituvchilari Go’zaloy Xalillayeva va Aziza Sobirovalar muallifligida “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” nomli o‘quv qo‘llanma nashr qilindi.
O‘quv qo‘llanmada “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” fanining nazariy asoslariga doir materiallar, jahon media va axborot makonida raqobat muhiti, xorijiy ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, media maydonda axborot tarqatish, axborot xavfsizligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bayon qilingan.
Ushbu o‘quv qo‘llanma ilmiy-pedagogik jamoatchilik, o‘quv dasturlari va darsliklarning mualliflari, pedagogika oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, talabalar, tadqiqotchilar hamda o‘qituvchilar uchun muhim ilmiy pedagogik manba bo‘lib xizmat qiladi.
