Close


Institutimiz professor-o‘qituvchilari muallifligida chop qilingan o‘quv adabiyotlarini Аxborot-resurs markaziga topshirish tadbirlari davom qilmoqda

Bugun ham bir qator darslik, monografiya va uslubiy qo‘llanmalar Axborot resurs markazi fondini yanada boyitish maqsadida taqdim qilindi:
📚 “Jismoniy madaniyat” kafedrasi dotsenti, PhD O.Xudoyberganovning  “Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi” darsligi va “Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi fanidan mustaqil ta’limni tashkil etish bo‘yicha o‘quv-uslubiy tavsiyanoma”si;
📚 “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi dotsenti, PhD D.Xajiyevaning “Erkin Vohidovning folklorizmdan foydalanish mahorati” monografiyasi;
📚 “Jismoniy madaniyat” kafedrasi professor-o‘qituvchilari O.Xudoyberganov, S.Muratov, M.Madaminovlar hammuallifligida chop qilingan “Basketbol texnikasi va taktikasini o‘rgatish uslubiyati” uslubiy qo‘llanmasi.

Ulashish: