Close


Yangi monografiya nashrdan chiqdi

Urganch davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi o'qituvchisi PhD, dotsent v.b. Xajiyeva Dilfuza Adambayevna muallifligida “Erkin Vohidovning folklorizmlardan foydalanish mahorati” monografiyasi nashr qilindi.

Ushbu monografiyada Erkin Vohidovning folklorizmlardan ilhomlanib yaratgan asarlari tahlil qilingan. O‘zbek adabiyoti va folklor munosabati, folklorizmlardan foydalanish yo‘nalishlari, olimlar tomonidan bu masalaning qay darajada o‘rganilgani qiyosiy tahlil qilinadi. Shoir ijodida folklorning maqol, topishmoq, mif kabi kichik janrlari bilan bir qatorda, ertak, afsona, rivoyat, doston kabi yirik janrlarining ham folklor obrazlari va motivlari bilan sintezlashgan holda qo‘llanilgani misollar asosida ko'rsatib beriladi.

Ushbu monografiya ilmiy-pedagogik jamoatchilik, o‘quv dasturlari  va filologiya sohasidagi oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, talabalar, tadqiqotchilar hamda o‘qituvchilar uchun muhim ilmiy pedagogik manba bo‘lib xizmat qiladi. 

Ulashish: