Close


“Dars samaradorligini oshirishda innovatsion metodlarning qo'llanilishi” mavzusida master-klass o'tkazildi

Urganch davlat pedagogika instituti "Boshlang'ich ta'lim metodikasi" kafedrasi o'qituvchisi Dinora Madraximova tomonidan 231-232-233-guruh talabalari ishtirokida “Mening startap loyiham” inkubatsiya dasturiga binoan “Dars samaradorligini oshirishda innovatsion metodlarning qo'llanilishi” mavzusida master-klass o'tkazildi.

Master-klassning maqsadi talaba-yoshlarning qobiliyati, isteʼdodini rivojlantirish, bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning amaliy-ijodiy qiziqishlarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan.  

Master-klass turli xil innovatsion metodlar, didaktik o'yinlar asosida qiziqarli tarzda tashkil etildi. Xususan, “1 daqiqa” , “Muzyorar”, “3, 4, 5, 6, 7 metodi”, “Konvert”, “6x6x6 metodi”, “Ikki qismli kundalik”, “3x4 texnologiyasi”, “Mantiqiy chalkash zanjirlar”, “Rezyume texnologiyasi”, “Gugurt donalari”, “Idrok xaritasi”, “SWOT  tahli” kabi metodlaridan dars jarayonida o'z o'rnida va unumli foydalanish yo’llari o'rgatildi.

Ulashish: