Close


Urganch davlat pedagogika instituti "Boshlang'ich ta'lim metodikasi" kafedrasida Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 32 yilligiga bag'ishlab 29-son maktab pedagog jamoasi bilan hamkorlikda tadbir o'tkazildi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, vatanimizda istiqomat qiluvchi boshqa millat vakillari ham bayrog'imizni  hurmat qilishi lozimligining Qonunda belgilanganligi, bayrog'imizda Vatanimiz va xalqimizga bo'lgan cheksiz mehr-muhabbatimiz, kelajakka ishonchimiz mujassamligi alohida ta'kidlandi. 

Talabalar va maktab o'quvchilari tomonidan taqdim qilingan xilma-xil chiqishlar barchada iliq taassurotlar qoldirdi. 

Davlatimiz bayrog'i — o'tmish, bugun va kelajagimizning timsoli!

Ulashish: