Close


Professional ta'lim muassasalarini metodik va ilmiy jihatdan qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 44-sonli buyrug'iga ko'ra bugungi kunda respublikamizda bir qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu qatori Urganch davlat pedagogika instituti ham. Kuni kecha "Boshlang'ich ta'lim metodikasi" kafedrasi dotsenti Gavhar Eshchanova Yangibozor pedagogika kolleji o'qituvchilariga "Mahorat darsi" o'tdi.

Tashrif davomida kollej talabalari uchun institut o‘qituvchilari tomonidan bepul chet tillarini o‘qitish kurslarining bugungi kundagi faoliyati, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda pedagog kadrlar uchun o‘quv seminarlar va mahorat darslari tashkil qilishni ko‘paytirish kabi bir qator masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bayon qilindi, savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.  

Ulashish: