Close


Urganch davlat pedagogika instituti "Boshlang‘ich ta'lim metodikasi" kafedrasi o‘qituvchisi Shahodat Madaminova tomonidan 233-guruh talabalari ishtirokida Boshlang‘ich ta'limda tarbiya fanidan "Ta'lim-tarbiya jarayonida milliy qadriyatlarning o‘rni" mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

Darsda "Xarita", "Qorbo‘ron", "Uzum", "Maqsadlar sandig‘i", "Jarima", "FSMU" kabi bir qator metodlardan unumli foydalanildi. Mavzu doirasida xalq og‘zaki ijodi namunalaridan misollar keltirildi va tarbiyaga oid hikoyalar tuzildi.

Ulashish: