Close


Urganch davlat pedagogika instituti "Boshlang‘ich ta'lim metodikasi" kafedrasi o‘qituvchisi Ozoda Bekchanova tomonidan 222-guruh talabalari ishtirokida Qiziqarli matematika va olimpiada masalalari fanidan "Boshlang‘ich sinf matematika darslarida didaktik o‘yinlardan foydalanib dars parchasini o‘tish" mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

Darsda "Zinama-zina", "Bir daqiqa", "Ha, yo‘q", "Teskari savol-javob", "Soyabon" kabi bir qator metodlardan unumli foydalanildi. Mavzuga doir masalalar va misollar ishlandi.

Ulashish: