Close


“Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!”

Bugun Gurlan tumani Guliston madaniyat markazida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostidagi “Mahallada duv-duv gap” ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil qilindi. Tadbirda Urganch davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi S.Raxmanov ishtirok etib, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fuqarolarning xabardorligini oshirish, insonlardagi ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirish, hududda pozitiv jamoatchilik fikrini shakllantirish, fuqarolarni islohotlarga safarbar etish, bunyodkorlikka chorlash hamda aholining ruhiyatini ko‘tarish borasida qilinishi zarur bolgan ishlar to'g'risida fikr-mulohazalarini birdirdi. Tadbir davomida tuman madaniyat bo‘limi tomonidan kuylangan kuy-qoʼshiqlar barchaga birdek xush kayfiyat ulashdi.

Ulashish: