O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Urganch shahri Amir Temur istirohat bog'ida viloyatdagi OTMlar, tumanlar va idora tashkilotlar tomonidan ko'rgazmalarni o'zida jamlagan "Konstitutsiya ko'chasi" tashkil qilindi.
Urganch davlat pedagogika instituti jamoasi ham ilmiy va innovatsion ishlanmalari va talaba-yoshlarning ijodiy ishlari bilan ushbu ko'rgazmada faol ishtirok etdi.
Shuningdek, “Xorijiy filologiya” kafedrasi ham professor -o’qituvchilar tomonidan yozilgan kitoblar, monogragiya, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va “Xorijiy til va adabiyoti” talabarining ijod namunalariga boy bo’lgan ko’rgazma bilan tadbirga o’z hissasini qo’shdi. Kafedra mudiri Xo’jaeva Sayyora rahbarligaida bir qator o’qituvchilar (N.Allanazarova, A.Jumaboyeva, S.Rahmanov, A.Masharipova) tadbirda faol ishtirok etdilar.
“Konstitutsiya ko’chasi tadbirida nafaqat professor-o’qituvchilar balki talabalar ham faol ishtirik etdilar. Talabalar o’zlarining ijodiy ishlari bilan qatnashish bilan birga boshqa OTM va idora tashkilotlarning ko’rgazmalari bilan ham tanishdilar.