2023-yil 18-oktabr kuni Urganch davlat pedagogika institutida o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligiga bag‘ishlab “Davlat tili taraqqiyoti: muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Ilmiy anjumanni institut rektori Feruza Madraximova ochib berdi. Anjumanda Xorazm viloyati hokimining maslahatchisi Ravshan Xudoyberganov hamda xorijiy mehmonlardan Ozarbayjon davlat pedagogika universiteti kafedrasi mudiri, professor Abdullezade Nazili Abdul qizi, Ozarbayjon milliy ilmlar akademiyasi kavkazshunoslik instituti professori Ferahila Shukurova-Babayeva, Turkolog olim, professor Mehmed Yunjelar Zoom orqali onlayn ma’ruza qildilar. Anjumanda Filologiya va tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.
Yosh olimlar, magistrantlar va talabalar ham ilmiy anjumanda o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan faol ishtirok qildilar.