14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan davra suhbati o'tkazildi.
14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan davra suhbati o'tkazildi.
Urganch davlat pedagogika institutida 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan 6-son TTJ da davra suhbati tashkil etildi.
Unda UrDPI "O‘zbek va rus tili adabiyoti" kafedrasi mudiri M.F.Matquliyeva hamda kafedra professor-o'qituvchilari Z.Asqarova, N.Yakubova va G.Sapayevalar ishtirok qilib, Vatanimiz himoyachilari, posbonlari el-yurt tinchligi uchun xizmatda doimo tayyor ekanligi, Vatanga muhabbat, sadoqat, tinchligini ta'minlash oiladagi tinchlikni ta'minlashdan boshlanishi kerakligi haqida qimmatli maslahatlar berdilar.
