Mahallalarda Tarix va geografiya kafedrasi oʻqituvchilari "Mahallada duv-duv gap" targʻibot tadbirlari boʻlib oʻtmoqda
Mahallalarda "Mahallada duv-duv gap" targʻibot tadbirlari boʻlib oʻtmoqda
“Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostidagi “Mahallada duv-duv gap” targ‘ibot tadbirlari Gurlan tumanidagi Nurobod madaniyat markazida Vatanparvar mahallasidagi 24-maktab binosida o‘tkazildi.
Maʼnaviy - madaniy tadbirda mahalla faollari, uyushmagan yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir yakunida madaniyat xodimlarining badiiy chiqishlari barchaga yuqori kayfiyat bagʻishladi.
Ushbu tadbirlardan maqsad – yangi О‘zbekistonni bunyod etish yо‘lida amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga hayotiy misollar va dalillar orqali sodda va tushunarli shakllarda yetkazish, aholining kayfiyatini kо‘tarishdan iborat.
❇️Mazkur targ‘ibot tadbirlari 2024-yilning yanvar oyi mobaynida 5 ta yо‘nalish bо‘yicha tashkil etiladi hamda tumandagi barcha 50 ta mahalla tо‘liq qamrab olinadi.