Close


Bugun Urganch davlat pedagogika institutida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni institut rektori Feruza Madraximova ochib berdi. Tadbirda institutda talabalarga dars berayotgan xorijlik pedagoglar Turkiyaning Ege universiteti professori Aylin Go'ztash va Ozarbayjon davlat milliy ilmlar akademiyasi dotsenti Ferahila Babayeva-Shukurovalar ishtirok etib, o'z fikr-mulohazalarini aytib o'tdilar.

Tadbir "Boshlang'ich ta'lim metodikasi" kafedrasi tashabbusi bilan o'tkazildi va unda “Boshlang‘ich ta’lim” yo'nalishi talabalari tomonidan Bobur hayoti va ijodiga bag'ishlangan sahna ko'rinishlar va raqslar ijro qilindi. Ayniqsa, talabalar tomonidan aytilgan Bobur hayoti va ijodiga oid ruboiy va g'azallar tadbirning ko'rkiga ko'rk qo'shdi.  

Ulashish: