Close


TURKIYA PROFESSORI URDPI TALABALARIGA DARS BERMOQDA

Xabaringiz bor, hozirda Turkiyaning Ege universiteti Aloqalar fakulteti professori Dr. Aylin Go'ztash Urganch davlat pedagogika institutida xizmat safarida boʻlib turibdi. U fevral-mart oylari davomida UrDPI talabalariga dars mashg'ulotlari olib borishi rejalashtirilgan. Bugun professor Urganch davlat pedagogika instituti Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo'nalishining 2-bosqich talabalariga Nutq malakalarini baholash fanidan ma'ruza oʻqidi. Dars qizg'in bahs-munozaralarga boy bo'lib, professor zamonaviy ped texnologiyalardan foydalangan holda dars mashg'ulotlarini interaktiv tarzda olib bordi. Bundan tashqari, talabalarga xalqaro aloqalar, talabalar almashinuvi dasturlari haqida ham ma'lumotlar berdi.

Ulashish: