Close


XORIJIY TIL VA ADABIYOTI TALABALARI TADBIR TASHKIL QILDILAR.

Bugun Urganch shahridagi 29-son maktabda Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo'nalishining 221-o'zbek guruhi tomonidan Intellectuals.Spelling bee nomli tadbir tashkil qilindi. Tadbirni maktabning maktabning ma'naviy va ma'rifiy ishlar masalalari bo'yicha direktor o'rinbosari X.Egamberganova va UrDPI "Xorijiy filologiya" kafedrasi o'qituvchisi S.Rahmanov ochib berdilar. Tadbirda maktabning 9-sinf o'quvchilari o'zaro jamolarga bo'lingan holda bellashdilar. Tadbir yakunida jamoalar turli xil sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Ulashish: