Close


INNOWEEK - 2023!

Urganch davlat pedagogika institutida “Kreativ ta’lim va innovatsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida  “InnoWeek-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligining ochilish marosim bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimini institut rektori Feruza Madraximova ochib berdi. Rektor respublika miqyosida o‘tkazilayotgan ushbu haftalikning ilmiy ahamiyatini alohida e'tirof qildi.

Shuningdek, ochilish marosimida Rossiyaning Oltoy universitetidan biologiya fanlari doktori, professor Roman Viktorovich Yakovlev hamda tarix fanlari nomzodi, dotsent Lidiya Sergeyevna Yakovlevalar ham so‘zga chiqib, institutning bugungi kundagi xalqaro hamkorliklari haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar. 

Tadbirda barcha fakultet va kafedralarning ilmiy ishlanmalari namoyosh etildi. Tadbirda Xorazm viloyati hokimligi vakillari, OAV vakillari va blogerlar, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishmoqda.

Pedagogika kafedramiz ham qatnashdi.

 

 

Ulashish: