Close


UrDPIDA "YASHIL MAKON" UMUMMILLIY LOYIHASI!

UrDPIda "Yashil makon" umummilliy loyihasi 1500 tupdan ziyod ko'chatlar ekildi

Bugun Urganch davlat pedagogika instituti akademik litseyi hududida rektor Feruza Madraximova boshchiligida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 900 tupga yaqin shaftoli, behi, olma, gilos, archa hamda boshqa turdagi manzarali daraxt va butalar ekildi.

Ma'lumot uchun, loyiha doirasida kecha 600 ga yaqin mevali va manzarali daraxtlar, shuningdek, butalar ekilgan edi.  

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida xalqimizni, xususan, yoshlarimizni atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil maydonlarni ko‘paytirish va  ularni saqlash, ona zaminni asrashga bo‘lgan e’tiborlarini oshirish maqsadida Urganch davlat pedagogika instituti jamoasi va talabalar ishtirokida ko'chat ekish ishlari amalga oshirildi.

 

 

Ulashish: