Close


ROSSIYA FEDERATSIYASI QOZON FEDERAL UNIVERSITETINING PSIXOLOGIYA VA TA'LIM INSTITUTIDA MALAKA OSHIRISH

Urganch davlat pedagogika institutining bir guruh professor-o'qituvchilari Rossiya Federatsiyasi Qozon federal universitetining Psixologiya va ta'lim institutida malaka oshirmoqdalar.
Ayni kunlarda institutning "Jismoniy madaniyat" kafedrasi mudiri O‘.Matnazarov va boshqa professor-o'qituvchilar Rossiyada xizmat safarida bo'lib turibdilar.
Tashrifning birinchi kunida professor-o'qituvchilar institutda yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, institutning O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari, pedagogika fanlari doktori, dotsent Almaz Galimov Mirzanurovich bilan uchrashdilar. Uchrashuv davomida o'zaro ilmiy va o'quv sohalarda hamkorliklarni keng yo'lga qo'yish yuzasidan fikrlar almashildi.
 
 
 

Ulashish: