Close


"Jaholatga qarshi - maʼrifat" mavzusida uchrashuv

UrDPIda "Jaholatga qarshi - maʼrifat" mavzusida uchrashuv oʻtkazildi.

2024-yil 21-dekabr sanasida oʻtkazilgan uchrashuvda Xorazm viloyati Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi M.Masharipova mehmon boʻldi hamda bugungi kunda yurtimizda  xotin-qizlarga qaratilayotgan eʼtibor va imkoniyatlar xususida toʻxtalib, mamlakatimizda olib borilayotgan har bir tashabbus aynan yoshlar va ularning kelajagi uchun ekanligini alohida eʼtirof etdi.

Shuningdek, Boshlangʻich taʼlim fakulteti talabalari ishtirokida oʻtkazilgan uchrashuv davomida institutning Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi S.Raximova va Boshlangʻich taʼlim fakulteti dekani D.Nafasov, Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi M.Allaberganovalar ham taʼlim va tarbiya, maʼrifat va jaholat xususida oʻz fikr-mulohazalarini bayon qildilar.

Ulashish: