Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
UrDPI vakillari dunyoning nufuzli TOP-200 taligida 163-o‘rinda turuvchi Qozog‘istonning Qozoq milliy universitetida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada faol ishtirok etdilar
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Urganch davlat pedagogika institutining bir guruh professor-o‘qituvchilari dunyoning nufuzli TOP-200 taligida 163-o‘rinda turuvchi Qozog‘iston davlatidagi Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetining Malaka oshirish va uzluksiz taʼlim institutida “Taʼlim va tarbiya ishlarini tashkil etishda innovatsion texnologiyalar” mavzusidagi malaka oshirish kurslarida ishtirok qilmoqdalar.
Mazkur universitetda akademik To‘legen Tojiboyev tavalludining 115 yilligi munosabati bilan “Ta’lim va psixologiya fanining rivojlanishi: o‘tmish, bugun, kelajak” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi hamda institutimiz vakillari ushbu konferensiyada o‘z ilmiy materiallari bilan faol ishtirok etdilar.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada vakillarimizdan tashqari Estoniya, Rossiya, Qirg‘iziston va boshqa mamlakatlar olimlari ham ishtirok etdilar.
Shuningdek, “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi dotsenti, f.f.n. Gavhar Eshchanova Qozoq filologiyasi fakulteti talabalariga “Qozoq folklori” fanidan “Xalq dostonlari” mavzusida mahorat darsi ham o‘tkazdi.
Darsda o‘zbek va qozoq xalq dostonlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Qozoq talabalarining o‘zbek xalq og‘zaki ijodiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qilgan dars davomida yoshlar milliy qadriyatlarimiz bilan ham yaqindan tanishdilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar.