Close


AYNI DAMDA URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA 2025/2026-O‘QUV YILI QABULI UCHUN KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR BO‘LIB O‘TMOQDA.


Ayni damda Urganch davlat pedagogika institutida 2025/2026-o‘quv yili qabuli uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun institut rektori Feruza Madraximova Jismoniy madaniyat yo’nalishi bo’yicha kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlarini kuzatdi va abituriyentlar bilan suhbatlashdi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etayotgan farzandlarini kutayotgan Ota-onalar uchun imtihon jarayonlarini bevosita onlayn kuzatib o’tirish xonalari tashkil etilgan. Rektor ota-onalar bilan samimiy suhbatlashib, kasbiy (ijodiy) imtihonlar ochiq va shaffof, belgilangan mezonlar asosida baholanishini ta’kidlab, abituriyentlarga omad yor bo’lishini tiladi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: