Close


A MEMORANDUM OF COOPERATION WAS SIGNED BETWEEN UrSPI AND SHSPI.


UrDPI va ShDPI o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugun, 7-oktabr kuni Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori Mash’al Saidov boshchiligida institut mas’ullari Urganch davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdilar. Mehmonlar bilan UrDPI rektori Feruza Madraximova uchrashib, muzokaralar olib bordi. Muzokaralar yakunida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oladi:
🔵professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi orqali tajriba orttirish;
🔵qo‘shma ilmiy-tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish;
🔵ta’lim dasturlarini boyitish hamda qo‘shma o‘quv kurslarini yo‘lga qo‘yish;
🔵madaniy-ma’rifiy tadbirlar, konferensiyalar va seminarlar tashkil etish;
🔵ilmiy maqolalar tayyorlash va ularni xalqaro ilmiy bazalarda chop etish.

Mazkur memorandum ikki OTM o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqib, hamkorlikning yanada samarali shakllarini joriy etishga xizmat qiladi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: