Close


VAZIR O‘RINBOSARI URDPIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR BILAN TANISHDI


Bugun, 19-fevral kuni, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Urganch davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida S.Buzrukxonov vazir o'rinbosari institutning "IT park inkubatsiya markazi" va "Besh tashabbus xonasi"da yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, u yerdagi talabalar bilan muloqot qildi.

Shundan so'ng, vazir o'rinbosari institutning asosiy hududida yangi qurilib, ta’mirdan chiqayotgan 7 qavatli Talabalar turar joyining qurilish va ta'mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi. Qurilish loyihasi bilan yaqindan tanishdi hamda pardozlash ishlarini olib borayotgan quruvchilar bilan suhbatlashdi. Ushbu TTJ yaqin oylarda ishga tushishi rejelashtirilmoqda.

 @UrDPI_UZ

Ulashish: