Close


AYNI KUNLARDA TURKIYA DAVLATINING FETHIYE SHAHRIDA “KVANT MATERIALLAR VA TEXNOLOGIYALAR” MAVZUSIDA IKKINCHI XALQARO KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TMOQDA


 Ayni kunlarda Turkiya davlatining Fethiye shahrida “Kvant materiallar va texnologiyalar” mavzusida ikkinchi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Konferensiyada UrDPI dekanining ilmiy materiali e'tirof etildi va "Sertificat" bilan taqdirlandi.

Konferensiyada Turkiya, O'zbekiston, Hindiston, Rossiya, Pokiston, Ispaniya kabi 100 ga yaqin davlatlardan 500 dan ziyod olimlar ishtirok etmoqda.

Xususan, Urganch davlat pedagogika instituti Aniq va amaliy fanlar fakulteti dekani Matyoqubov Hikmatjon Shuhratovich ham ilmiy ma'ruzalari bilan faol qatnashmoqda. 

Ma'lumot uchun, Fizika-matemika fanlari bo’yicha PhD, dotsent H.Matyoqubov 80 ga yaqin ilmiy, o’quv-uslubiy materiallar muallifi, bir qancha xorijiy davlatlarda ilmiy stajirovkalar o’tagan hamda 10 ga yaqin xalqaro konferensiyalar tashkilotchisi va xalqaro loyihalar ishtirokchisidir.

 

 ©️ UrSPI Press Service

Ulashish: