Close


REKTOR TOMONIDAN O'QUV YILI SARHISOBI BO'YICHA KENGAYTIRILGAN YIG'ILISH O'TKAZILDI


Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova tomonidan o'quv yili sarhisobi - ta'lim sifati, o‘quv, ilmiy va tarbiyaviy jarayonlar bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Kengaytirilgan yig'ilishda soha prorektorlari, dekanlar, kafedra mudirlari va professor-oʻqituvchilar ishtirok etdilar. Yig‘ilishda rektor 2023-2024-o'quv yili sarhisobi boʻyicha fikr-mulohazalarini bildirib, darslarning sifatli tashkil etilishi, oʻquv va ilmiy faoliyat, tarbiyaviy jarayonlar hamda TTJ va ijarada yashovchi talabalar bilan ishlash masalalariga to‘xtalib o‘tdi.

Soha prorektorlari va tegishli bo'lim boshliqlari tomonidan ilmiy, o‘quv, tarbiyaviy va korrupsiya holatlarini oldini olish yo‘nalishlari bo'yicha tahliliy ma'ruzalar qilindi. Yakunda yil davomida faollik ko'rsatgan professor-o‘qituvchilar taqdirlandilar.

©️ UrSPI Press Service

Ulashish: