Close


UrDPI KENGASHINING NAVBATDAGI MAJLISI BO‘LIB O‘TDI


Kecha, 28-fevral kuni Urganch davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori, Kengash raisi Feruza Madraximova hamda kengash aʼzolari ishtirok etdilar.

Kengashda "Pedagogning maqomi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati bo'yicha axborot berildi hamda ushbu qonunning targ'iboti bo'yicha vazifalar belgilandi. Shuningdek, "O'zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmonning institutdagi ijrosi, "4+2" pedagogik amaliyot tartibi bo'yicha yuzasidan axborot va hisobotlar tinglandi.

Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan qator o'quv qo'llanma va darsliklar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining muvofiqlashtiruvchi Kengashiga tavsiya qilindi. 

©️ UrSPI Press Service

Ulashish: