Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI HAMDA ACHARIYA UNIVERSITETI O'RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI


UrDPI va Achariya universiteti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Ayni kunlarda Xorazm viloyati hokimligi delegatsiya tarkibida Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova va Filologiya fakulteti dekani Nargiza Masharipovalar Hindiston davlatida xizmat safarida bo'lib turibdilar.

Hindiston davlatida xizmat safarida bo'lib turgan Xorazm viloyati delegatsiyasi vakillari Hindiston Axborot texnologiyalar vazirligi va Dehli hind texnologiyalari institutida bo'ldilar. Delegatsiya vakillari u yerda Axborot texnologiyalari vaziri o'rinbosari bilan uchrashdilar.

Kuni kecha delegatsiya a'zolari Bangalor shahridagi Achariya universitetiga bordilar. U yerda muzokaralardan so'ng, ikkala OTMlar o'rtasida o'quv va ilmiy sohalarda o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi. 

©️ UrDPI Matbuot xizmati  

Ulashish: