Urganch davlat pedagogika instituti Filologiya va tarix fakulteti Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili (rus) ta'lim yoʻnalishi talabasi Rahimova Guli Xorazm viloyatida "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" kompleks targʻibot tadbirlari doirasida oliy ta'lim muassasalari talabalari oʻrtasida "STOP! Cybercrime" shiori ostidagi tanlovda ishtirok etib, faxrli 1-oʻrinni egalladi va Xorazm viloyati hokimining 1-darajali diplomi va Artel LED TV 32 televizori bilan taqdirlandi.
Urganch davlat pedagogika instituti Aniq va amaliy fanlar fakulteti Matematika va informatika yoʻnalishi 232- guruh talabasi Abdullayeva Komila Xorazm viloyatida "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" kompleks targʻibot tadbirlari doirasida "Eng yaxshi milliy kontent" tanlovida ishtirok etib, faxrli 3-oʻrinni egalladi va Xorazm viloyati hokimining 3-darajali diplomi va planshet bilan taqdirlandi.
Talabalarimizni faxrli yutuqlari bilan muborakbod etamiz.




©️ UrSPI Press Service