Bugun, 1-avgust kuni Hindistonning Acharya universiteti bosh ijrochi direktori Shalini Reddi xonim hamda Korporativ va jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha direktor janob Vishesh Chandrasheka UrDPIga keldilar.
Ma'lumki, joriy yil iyul oyida UrDPI rektori Hindistonga xizmat safari davomida Acharya universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolagan edi. Bugungi tashrif davomida mehmonlar ushbu memorandum doirasida hamkorlik ishlarini boshlash bo'yicha fikr bildirdilar.
Mehmonlarni institut rektori Feruza Madraximova, prorektorlar va Xorijiy filologiya kafedrasi o'qituvchilari kutib oldilar. Dastlab mehmonlarga UrDPIning bugungi faoliyati bo'yicha videorolik namoyish etildi. Shundan so'ng, oʻquv jarayonlari, xalqaro hamkorlik, ilmiy sohadagi faoliyat bo'yicha hamkorlik ishlari muhokama etildi. Hamda har ikkala OTMlarning taʼlimdagi oʻziga xosliklari haqida fikr almashildi.




