Close


REKTOR URDPIGA HUJJAT TOPSHIRGAN TEXNIKUM BITIRUVCHILARI BILAN UCHRASHDI


Vazirlar Mahkamasining “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTMlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi 17-son qaroriga muvofiq, texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni 2024/2025-o‘quv yili uchun institutning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun rektor Feruza Madraximova institutning bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan texnikum bitiruvchilari bilan uchrashdi. Rektor imtihon (suhbat) jarayonlaridan oldin ularga omad tiladi. Kelgusi ilm va pedagoglik yo'llarida muvaffaqiyatlar tiladi.

OTMning Maktabgacha ta'lim yo'nalishiga kunduzgi hamda sirtqi ta'lim shakli bo'yicha o'qish uchun jami 68 nafar texnikum bitiruvchisi hujjat topshirgan.

Batafsil ma'lumotlar:

 https://urspi.uz/uz#
 https://urspi.uz/user_files/user_1/Texnikum/malumot.pdf

©️ UrSPI Press Service

Ulashish: