2024-2025-o‘quv yili uchun institutga talabalikka tavsiya etilgan shaxslar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari so‘raladi:
🔄 Rektor nomiga ariza;
🔄 Javoblar varaqasi;
🔄 Pasport nusxasi (4 nusxa);
🔄 Umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
🔄 3,5x4,5 o'lchamdagi foto (12 ta);
🔄 Ariza beruvchining ruxsatnomasi;
🔄 Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bor bo‘lsa);
🔄 To‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar, birinchi va ikkinchi guruh nogironlar, ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi shaxslar ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarni nusxasi;
🔄 Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli (agar bor bo‘lsa);
🔄 Qog‘oz jild.