BUGUN URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA 2024/2025-O'QUV YILINING ILK KUNIGA BAG'ISHLANGAN "BIR BO'LSAK — YAGONA XALQIMIZ, BIRLASHSAK — VATANMIZ" SHIORI OSTIDA TALABALARNI KUTIB OLISH TANTANALI TADBIRI BO'LIB O'TDI
Tadbirni institut rektori, pedagogika fanlari doktori Feruza Madraximova ochib berdi hamda Yangi O'zbekistonimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imoniyatlar va ulardan unumli foydalanish, doimo o'z ustida ishlash, yurt koriga yaraydigan o'g'il-qizlar bo'lib yetishish lozimligini alohida ta'kidladi.
Shuningdek, Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Nigora Kutlimuratova hamda bir qator fan doktorlari, faxriy professorlar so'zga chiqib, birinchi bosqich talabalarini talabalik maqomi bilan tabrikladilar va kelgusi o'qishlarida omad, muvaffaqiyatlar tiladilar.
Tadbir davomida talabalar tomonidan jonajon vatanimizni, hayotga muhabbatni tarannum qilivchi she'rlar, kuy-qo'shiqlar ijro etildi.
©️ UrSPI Press Service