Toshkent shahridagi Hilton mehmonxonasida Xalq demokratik partiyasining XIV Qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova Xorazm viloyati delegatlari tarkibida ishtirok etdi.
Qurultoyda Xalq demokratik partiyasining saylovda qatnashishi va yangi Saylovoldi dasturi to‘g‘risidagi muhim masalalar muhokama qilindi.
Shundan so‘ng Xalq demokratik partiyasining bu yilgi saylovda ishtiroki bilan bog‘liq eng muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarga saylovlar munosabati bilan 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan yangi Saylovoldi dasturi delegatlar tomonidan qabul qilindi.
Qurultoyda partiya Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylov uchun tashkil etilgan bir mandatlik 75 ta okrugdan 75 nafar nomzod ilgari surdi, shuningdek, proporsional tizim bo‘yicha 100 kishilik partiyaviy ro‘yxat ham tasdiqlandi.
©️ UrSPI Press Service