Close


QITʼA BIRINCHILIGI - OSIYO CHEMPIONATIDA OʻZBEKISTONGA OLTIN MEDALNI TORTIQ QILGAN 4 TA SPORTCHINING 2 NAFARI URDPI TALABASI!


 Koreya Respublikasining Mungyong shahrida dzyudo boʻyicha yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati yakuniga yetdi.

Qitʼa birinchiligida olti dzyudochimiz Osiyo chempionati shohsupasiga koʻtarildi, ularning 4 nafari CHEMPION!

Quvonarlisi ulardan 2 nafari, oltin medal egalari: Shirinjon Yoʻldosheva (-78 kg) hamda Muhammadsodiq Sodiqov (-100 kg)lar Urganch davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yoʻnalishi talabalari. 

Yuragida jonajon Vataniga muhabbat joʻsh urib turgan, fidoiy, mard hamda jasur Toʻmaris va Jaloliddin izdoshlari boʻlgan talabalarimizni samimiy muborakbod qilamiz!

  ©️ UrSPI Press Service

Ulashish: