Close


DUNYONING TOP-1000 TALIGIDA 721 O‘RINNI EGALLAGAN XITOYNING LANJOU UNIVERSITETI DELEGATSIYASI INSTITUTIMIZGA TASHRIF BUYURDI


Dunyoning TOP-1000 taligida 721 o‘rinni egallagan Xitoyning Lanjou universiteti delegatsiyasi institutimizga tashrif buyurdi.

Bugun, 30-sentabr sanasida Urganch davlat pedagogika institutiga dunyoning TOP-1000 taligida 721 o‘rinni egallagan Xitoyning Lanjou universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Tashrif davomida universitetning Chet tillar fakulteti dekan o‘rinbosari, Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti professori Zhang Hongli, Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi Jahon tarixi instituti ilmiy xodimi Hou Aijun, Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti dotsenti Zhang Yuyan, Siyosat va xalqaro munosabatlar fakulteti dotsenti, dekan yordamchisi Cao Wei, Siyosat va xalqaro munosabatlar kafedrasi mudiri o‘rinbosari Mi Pengjular institut mas’ullari bilan uchrashib, xalqaro hamkorliklar yuzasidan muzokaralar olib bordilar.

Muzokaralar davomida OTMlar faoliyatini yoritib beruvchi taqdimotlar qilindi, shuningdek, o‘quv jarayonlari, ilmiy sohadagi faoliyatlar bo‘yicha hamkorlik ishlari muhokama etildi, ikkala OTMlarning taʼlimdagi o‘ziga xosliklari haqida fikr almashildi. Uchrashuv so'nggida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolashga kelishib olindi.

©️ UrDPI Matbuot xizmati 

 

Ulashish: