Close


REKTOR TALABALAR BILAN UCHRASHDI


Bugun, 13-sentabr kuni Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova va rektor maslahatchisi Dilmurod Yusupovlar fakultetlar kesimida birinchi bosqich talaba yoshlari bilan uchrashishni boshladilar.  

Muloqot chog'ida rektor yoshlarga yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishni, o'z oldiga maqsad qo'yib unga intilishni, magistratura, doktoranturalarda o'qib, ilmiy izlanishlar olib borish bo'yicha tavsiyalar berdi.

Agarda talabalarning savollari, muammolari yoki takliflari bo'lsa, institut rektorining @FeruzaMadraximova_bot orqali murojaat qilishlari mumkinligi aytib o'tildi. 

Shuningdek, yoshlar faolligini jadallashtirish, tashabbuskorlik va kreativlikni oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Talabalar tomonidan berilgan savollar va murojaatlarga javoblar berildi. 
©️UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: