Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA YANGI TTJ BINOSI TOPSHIRILDI


Bugun, 14-sentabr kuni Urganch davlat pedagogika institutida davlat xususiy-sheriklik asosida qurilgan yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi. 

Yangi turar joy binosi ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Maxkamov, viloyat hokimi o'rinbosari San'at Salayev, institutning professor-o'qituvchilari va faxriylar ishtirok etdilar.

Instituting Urganch shahar, Gurlan ko'chasi, 1A uy manzilida barpo etilgan ushbu Talabalar turar joyi 7 qavat, 600 o‘rindan iborat bo‘lib, xususiy tadbirkor “Diyorbek-Safarmurod” MChJ tomonidan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida zamonaviy talablarga mos keladigan holatda barpo etilgan.

©️UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: