Close


XORAZM VA SAMARQANDDAGI PEDAGOGIKA INSTITUTLARI O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI


#Memorandum  #Samarqand
 

Bugun Samarqandda o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyadan so‘ng, Urganch davlat pedagogika instituti rektori va dekanlari O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutiga bordilar. 

O‘zFPIda institut rektori Shahzoda Negmatova va Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘zaro muloqot davomida ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, birgalikda mahoratli pedagog kadrlarni tayyorlash yuzasidan fikrlar almashildi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari rektorlari tomonidan hamkorlik memorandumi imzolandi.

©️UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: